Не задано
Весь мир
Назад
Azal Airways Urganchga ilk parvozni amalga oshirdi!
Краткое описание

Bugun Urganch xalqaro aeroportida tarixiy voqea yuz berdi — Ozarbayjonning Azal Airways aviakompaniyasi ilk bor Urganchga  parvozni amalga oshirdi! 
Boku – Urganch – Boku yo‘nalishida amalga oshirilgan ushbu reys aeroportda tantanali tarzda kutib olindi.

 Tashrif doirasida yo‘lovchilarni milliy urf-odatlarimizga xos tarzda non va tuz bilan kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu aviaqatnov nafaqat Xorazm viloyati, balki butun O‘zbekiston turizmi va transport sohalari rivojiga katta hissa qo‘shadi.

 Bundan tashqari, Urganchdan Turkiya va Yevropa davlatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Bu esa xorijiy sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, xorazmliklarning xalqaro aviaparvozlardan qulay foydalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Barchani Urganch orqali yangi yo‘nalishlarni kashf etishga chorlaymiz!

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов