-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekistonning turizm salohiyati xususan mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoniga muvofiq, haftaning har yakshanba kuni “Oila kuni” sifatida oʻtkazilishi belgilangan.
“Oila kuni”: haftaning har yakshanba kuni oilangiz bilan sayohat qiling
Dam olish kunlari kutubxona, teatr va boshqa madaniyat maskanlarida maxsus tadbirlar, mahallalarda kitobxonlik kechalari oʻtkazilishi oilalarni birlashtiradi, bolalar va kattalar uchun ma’rifiy va qiziqarli dam olish muhitini yaratadi.
Ichki turizm doirasida oilaviy dam olish imkoniyatlarini kengaytirish ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixiy yodgorliklari, tabiat go‘zalliklari va sayyohlik maskanlari oilaviy sayohat va dam olish uchun qulay sharoit yaratadi.
Yuqoridagi imkoniyatlardan foydalanib, oilangiz bilan birgalikda dam oling, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda va mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing.
Russian