-
Нет Отзывов
-
В избранные
Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan M-41 avtomagistrali bo‘ylab harakatlanayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Uzun tumanida zamonaviy sanitariya-gigiyena shahobchasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur inshoot yo‘lovchilarga toza va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, ularning yo‘l davomida gigiyenik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Shahobchada zaruriy sharoitlar, jumladan, ayollar va erkaklar uchun alohida hojatxonalar, yuvinish joylari va nogironlar uchun maxsus qulayliklar yaratilgan.
Ushbu loyiha mintaqada turizm infratuzilmasini rivojlantirish, servis xizmatlari sifatini oshirish hamda mehmonlarga qulay muhit yaratishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.