-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–348-sonli qarori tasdiqlandi.
Mazkur qaror turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, mehmonxonalar qurilishi va xizmatlar sifatini jahon standartlariga mos ravishda oshirishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, 2030-yil 1-yanvarga qadar “Brand Finance” kompaniyasining top-50 reytingidan joy olgan brendni jalb etgan holda mehmonxona qurilishini boshlagan tadbirkorlik subyektlariga bojxona yengilliklari taqdim etiladi.
Xususan, ushbu brendlar talabi asosida olib kelinadigan:
- asbob-uskunalar,
- texnika va transport vositalari,
- mebellar,
- inventar va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Bu esa mamlakatimizda ilg‘or xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlik subyektlari Top-50 brendlar ro‘yxatini mustaqil ravishda ko‘rishlari mumkin.
Buning uchun “Brand Finance” tomonidan tayyorlanadigan Top-50 mehmonxona brendlari reytingi bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin:
➡️ https://brandirectory.com/rankings/hotels/table
Ushbu ochiq ma’lumot manbai orqali tadbirkorlar qaysi brendlar bilan hamkorlik qilganda taqdim etilgan imtiyozlarda foydalanishlari mumkinligini bilib oladilar.
Manbaa: https://lex.uz/uz/docs/-7851788
Russian