-
Нет Отзывов
-
В избранные
27-sentyabr Butun Jahon Turizm kuni munosabati bilan Farg’onada “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkazildi.
Yarmarkada Farg’ona viloyatida faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel va oilaviy mehmon uylari) oliy o‘quv yurtlarining turizm fakulteti talabalari hamda ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, yarmarka doirasida mahalliy ustalarning milliy hunarmandchilik mahsulotlari va rasmlari ko‘rgazmasi, ichki turizm sohasida yangi hamkorlik loyihalarining taqdimotlari, tadbirkorlar, iste’molchilar va davlat idoralari o‘rtasida B2B va B2C uchrashuvlari tashkil etilib, viloyatning sayyohlik salohiyatini oshirish yo‘llari va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida ichki turizm sohasi vakillariga viloyat turizm boshqarmasining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.