-
Нет Отзывов
-
В избранные
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Axmedov boshchiligidagi Farg‘onalik turizm sohasi vakillari Toshkentda bo'lib o‘tayotgan xalqaro turizm yarmarkasida xorijiy turizm kompaniyalari bilan bir qator muvofiqlashtirilgan shartnomalar imzoladilar. Bu hamkorliklar viloyatimizning turizm salohiyatini jahon miqyosida keng tanitishga xizmat qiladi. 🌍
Shuningdek, Xurshidjon Axmedov va viloyatimiz vakillari yarmarkada tashrif buyurgan xorijiy delegatsiya a'zolarini Farg‘ona viloyati stendida kutib olib, mehmonlarga viloyatimizning turizm salohiyati, tabiiy va madaniy boyliklari, shuningdek, yangi turistik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirishdi.
Tashrif davomida, tomonlar o‘zaro fikr almashib, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va viloyatimizga xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha kelishib olishdi. Ushbu yarmarka doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan shartnomalar Farg‘ona turizmining yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Yarmarka davomida o‘tgan samarali muzokaralar va yangi hamkorliklar viloyatimizning global turizm bozorida o‘rnini mustahkamlash va sayohatchilarni jalb qilish uchun katta imkoniyatlarni ochdi.
Russian