Назад
BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Odri Azule Buxoroda bo'ldi

 

Ayni kunlarda dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar nigohi Samarqand shahriga qaratilgan. Boisi, ushbu shaharda 30-oktabr – 13-noyabr kunlari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, so‘nggi 40 yilda ilk bor YUNESKO sessiyasi Parijdagi bosh qarorgohdan tashqarida o‘tkazilmoqda. Bunday nufuzli forumning mamlakatimizda o‘tkazilayotgani Tashkilotga a’zo davlatlarning Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchining yorqin ifodasi sanaladi.

Xabar berib o'tganimizdek, kuni kecha mazkur tadbir ishtirokchilaridan iborat bir guruh delegatsiya a'zolari viloyatimizga kelishgan edi. 

Bugun, 2-noyabr kuni UNESCO bosh direktori Odri Azule boshchiligidagi delegatsiya  Buxoroda bo'ldi. Delegatsiya a'zolari viloyat hokimi o'rinbosari Botirjon Shaxriyorov boshchiligida kutib olindi.

Tashrif davomida martabali mehmon ko'hna kent - Buxoroning diqqatga sazovor madaniy meros obyektlari, jumladan, Ismoil Somoniy maqbarasi, Bolo Hovuz masjidi, Mag'oki attori majmuasi, Nodir devonbegi madrasasi, shuningdek, ayni kunlarda davom etayotgan xalqaro Buxoro biyennalesi obyektlarida bo'ldi.

BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Odri Azule har bir obida, milliy arxitektura asosida qad rostlagan majmua bilan tanishar ekan,  O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов