Назад
Tojikistondan  sayyohlar: Axsikentda buyuk tarix bilan to‘qnashdik

«Buyuk tarix bilan to‘qnashdik. Amalga oshirilgan ishlar ko‘lami katta. Qariyb 200 gektar maydonni arxeoparkka aylantirilgani taxsinga sazovor», - Axsikentga Tojikistondan  sayyohlar guruhi tashrif buyurdi

O‘tgan asrning 50-yillarida akademik Yahyo G‘ulomov va arxeolog Inqilob Ahrorovlarning ko‘p yillik tadqiqotlari asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar bo‘lganligini, ulardan biri Ahmad al Farg‘oniy va Ismoil Somoniy, Asiruddin Axsikatiylar kindik qoni to‘kilgan qadimgi Axsikat-Farg‘ona va ikkinchisi Zahiriddin Muhammad Bobur kamolga yetgan Axsi ekanligini isbotlaganlar. 

Bu yerdagi qazishmalarga 50 yildan beri bosh bo‘lib kelayotgan professor Abdulhamid Anorboevning amaliy mehnatlari evaziga yodgorlik hududida yigirma sakkizta yangi ob’ekt ochilgan. Ular bosqichma bosqich Ochiq osmon muzeylariga aylantirilmoqda.

Axsikent nafaqat tarixiy obida, balki o‘zida nodir qo‘lyozmalar kutubxonasi, ziyorat turizmi ob’ektlari, kulolchilik ustaxonalari, etno-moda va  etno-sport markazlarini qamrovchi ulkan sayyohlik klasteriga aylanmoqda.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Imomov Hotel Gostinitsa
Был в сети: 21.10 23:09
Все мероприятие автора
Imomov Hotel Gostinitsa
  • Электронная почта: info@turizm.uz
  • Номер телефона: +998-93-343-0222
  • Адрес:
  • Ответственное лицо: Imomov Hotel Gostinitsa
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие