Назад
“Kamchik” dovonida dor yo‘li va dam olish majmuasi qurilish rejalashtirilmoqda

Namangan viloyatidan o‘tgan “Kamchik” dovonida yangi turizm maskani barpo etiladi

Namanganda ikkinchi uyg‘onish davri: turizm yo‘nalishida yangi lokatsiyalar barpo etilmoqda. Xususan, vodiyni mamlakatimiz poytaxti bilan bog‘laydigan “Kamchik” dovonining Namangan viloyatidan o‘tgan qismida zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi, va uni Avstriyaning Doppelmayr / Garaventa guruhi  amalga oshiradi. 

Doppelmayr / Garaventa guruhi  — Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanatli yo‘llar (ropeways), gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi. Guruh turli texnologiyalar, sistemalar va xizmatlar bo‘yicha yetarlicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo bo‘ylab 96 ta mamlakatda 15,000 dan ortiq kanat yo‘llari loyihalashtirgan.  

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Doppelmayr / Garaventa guruhi  vakillari – Joxannes Triebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprinni qabul qildi. 

O‘zaro muloqotda loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish ob’ektlari muhokama qilindi. 

Ta’kidlash joiz, mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri - "Aisha group" kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamalitdinov moliyalashtirmoqda. 

Manba: Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов