Назад
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida yangi imkoniyatlar istiqbolli bo`yicha simpozium bo‘lib o‘tdi.
Краткое описание

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida tajriba almashish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish va sayyohlarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida ikki davlat turoperatorlari ishtirokida Xaynan orolining turizm simpoziumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari J.Abdusalomov O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik kundan-kunga rivojlanib borayotganligini ta’kidladi. “Bu ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga, savdo-iqtisodiy, investitsiya va innovatsiyalar almashinuvini ko‘paytirishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda”, - dedi J.Abdusalomov.

Simpozium ishtirokchilari Xitoydan sayyohlarning sonini oshirish maqsadida O‘zbekistonda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladilar. Xususan, Xitoy provinsiyalaridan kelgan delegatsiyalar ishtirokida biznes forumlar va taqdimotlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston va Xitoy sayyohlari uchun turmarshrutlarni kengaytirish maqsadida yangi aviaqatnov yo‘nalishlari ochilmoqda.

Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Trip.com” bilan “O‘zbekistonga sayyohat” targ‘ibot kampaniyasi amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonda “China friendly” tizimi joriy etilmoqda. Turizm ob’ektlarida xitoylik sayyohlarga qulayliklar yaratish va Xitoy tilidagi gid-tarjimonlarni tayyorlash dasturlari boshlandi. 2024 yilning oxirida “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili”ni boshlash rejalashtirilgan. Bu davrda Xitoylik sayyohlarga O‘zbekiston turizmi, madaniyati, merosi va qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turizm almashinuvi yo‘nalishida katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов