-
Нет Отзывов
-
В избранные
Shvetsiyaning Estergyotland viloyati Kengashi raisi Nils Babtis O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tib, ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni amalga oshirish borasida muhim qadam bo‘ldi.
Suhbat davomida Samarqand viloyatining ko’plab yo‘nalishlarida — turizm, madaniyat, hunarmandchilik kabi sohalarida Estergyotland viloyati bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish, tajriba almashish va sarmoya jalb etish masalalarini ham atroflicha muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish sari muhim qadam bo‘ldi.
Russian