Назад
Toshkent aeroportida yo‘lovchilarni kompleks monitoring qilish uchun mo‘ljallangan “Pax Track” tizimi test rejimida ishga tushirildi.
Краткое описание

Yo‘lovchini monitoring qilish uchun “Pax Track” tizimi Toshkent aeroportida ishga tushirildi

Tizim qanday ishlaydi: Ro'yxatdan o'tish joyidan so'ng yo'lovchilar turniketlarda bord kartasini skanerlashlari, aeroport xodimlari esa o'z ruxsatnomalarini skanerlashlari kerak bo'ladi. Chegara nazorati va aviatsiya xavfsizligi tekshiruv xizmatlari ham tizim bilan integratsiyalashadi, bu orqali kechikayotgan yo‘lovchini bortga chaqirishda aeroport xodimlari tizimdan uning qaysi sektorda ekanligini va ro‘yxatdan o‘tgandan keyin “steril” zonaga kirganligini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozirgi kunda uchib ketish zalida 40 ta ro‘yxatga olish peshtaxtasi mavjud (37 ta umumiy zalda, 2 ta CIP zalida va 1 ta VIP zalida). Rekonstruksiya tugagach, ro‘yxatga olish peshtaxtalari soni 90 taga yetadi, jumladan 12 ta gibrid Self Check-in va Baggage Drop Off nuqtalari bo‘ladi, ular orqali yo‘lovchilar mustaqil ravishda reyslarga ro‘yxatdan o‘tishlari va bagajni topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Chegara nazorati punktlari soni uchib ketish hududida 34 tadan 54 taga, shu jumladan E-gate nuqtalari bilan kengaytiriladi. Tekshiruv hududi 15 ta yo'lakka kengaytiriladi. Shuningdek, uchib kelish zalida 48 yo‘lovchi o‘tish kanaliga ega yangi pasport nazorati zonasi tashkil etiladi, bagaj olish kamarlari soni to‘rtadan sakkiztaga oshiriladi.

Uchib ketish va kelish zallarini birlashtirish orqali kutib oluvchilar uchun 4000 kv.m.ga yaqin maydon ajratish rejalashtirilgan. Реконструкция системы обработки багажа (BHS) ва BRS (Система сверки багажа) yuklarni tashish va nazorat kilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Yangi uskunalar va dasturiy ta'minot o‘rnatilishi bagajni parvozlar bo‘yicha avtomatik tarzda saralash, bagajni tashishga qabul qilingan va bortga ortilgan paytgacha kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, bagaj yorlig‘i raqami orqali yukni kuzatish imkoniyatini beruvchi mobil ilova ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Bu yangi terminalning o‘tkazish qobiliyatini soatiga 1200 yo‘lovchidan 2400 taga oshirishga yordam beradi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов