-
Нет Отзывов
-
В избранные
Londonda tashkil etilgan Wanderlust Reader Travel Awards 2024 tanlovida O‘zbekiston “Eng istiqbolli manzil” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Taqdirlash marosimi mashhur Tate Modern zamonaviy san'at galereyasida bo'lib o'tdi.
Wanderlust Reader Travel Awards mukofoti - bu Wanderlust jurnali tomonidan taqdim etilgan yo'nalishlar va turoperatorlar uchun nufuzli mukofot. Jurnal xodimlari har bir yo‘nalish bo‘yicha qisqa ro‘yxatlarni tuzadilar, so‘ngra g‘oliblar o‘quvchilar tomonidan tanlanadi. 2024-yilda 3,6 milliondan ortiq ovoz berilgan.
1993 yilda tashkil etilgan Wanderlust jurnali Buyuk Britaniya bo'ylab sayohat qilishni yaxshi ko'radigan kitobxonlar orasida eng mashhur jurnal hisoblanadi. Jurnal yiliga 140 000 nusxada nashr etiladi va uning veb-saytiga har oy 1,2 milliondan ortiq o'quvchi tashrif buyuradi.