Назад
Baxmal tumanida ekstremal tog' turizm bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi

 

Baxmal tumani Jo'm Jo'm qishlog'ida sportning ekstremal tog' turizm bo'yicha jahon chempionati o'tkazildi. Ekstremal tog' turizimi bo'yicha xalqaro musobaqasida Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Afg'oniston davlati, Samarqand viloyati, Jizzax viloyati Baxmal tumani turizm kolleji yoshlari ishtirok etishdi. Mazkur musobaqada Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Egamberdiyev, Rossiya sport turizm Federatsiyasi a'zosi Yuriy Kalaev Vladimirovichlar ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi. Ushbu musobaqada 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqa xalqaro musobaqada 24 ta jamoa 4 yo‘nalish bo‘yicha piyodalar masofasi, velosport, arqon bo'ylab belgilangan muddatda yetib kelish va arqonda yuqoriga tirmashib chiqish yo'nalishlarida yakkalik , juftlik, aralash, jamoaviy tarzda ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida faxrli 1 o'rinni Rossiya Federatsiyasi, faxrli 2 o'rinni O'zbekiston va faxrli 3 o'rinni Qozog'iston Respublikasi yoshlari g'olib bo'lishdi. Musobaqa g'oliblarini faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов