2025 yilning 10 oyida qancha O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga borgan

 

🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida jami 237,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan.

 

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 96 ming nafarga yoki 68 foizga oshgan.

 

📊 Joriy yilning 10 oyida Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

 

sayohat – 197,9 ming nafar;

 

qarindoshlarni yo‘qlash – 38,2 ming nafar;

 

davolanish – 924 nafar;

 

xizmat yuzasidan – 66 nafar;

 

o‘qish – 31 nafar.