Назад
Top-50 reytingidagi mehmonxona qurdiganlarga 2030 yilgacha bojxona imtiyozlari joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–348-sonli qarori tasdiqlandi.

 

Mazkur qaror turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, mehmonxonalar qurilishi va xizmatlar sifatini jahon standartlariga mos ravishda oshirishga qaratilgan.

 

Qarorga muvofiq, 2030-yil 1-yanvarga qadar “Brand Finance” kompaniyasining top-50 reytingidan joy olgan brendni jalb etgan holda mehmonxona qurilishini boshlagan tadbirkorlik subyektlariga bojxona yengilliklari taqdim etiladi.

 

Xususan, ushbu brendlar talabi asosida olib kelinadigan:

  • asbob-uskunalar,
  • texnika va transport vositalari,
  • mebellar,
  • inventar va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi.

 

Bu esa mamlakatimizda ilg‘or xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

 

Tadbirkorlik subyektlari Top-50 brendlar ro‘yxatini mustaqil ravishda ko‘rishlari mumkin.

 

Buning uchun “Brand Finance” tomonidan tayyorlanadigan Top-50 mehmonxona brendlari reytingi bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin:

 

➡️ https://brandirectory.com/rankings/hotels/table

 

Ushbu ochiq ma’lumot manbai orqali tadbirkorlar qaysi brendlar bilan hamkorlik qilganda taqdim etilgan imtiyozlarda foydalanishlari mumkinligini bilib oladilar.

Manbaa: https://lex.uz/uz/docs/-7851788

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов