Назад
Jizzax viloyati o‘zining yorqin va o‘ziga xos stendi bilan munosib ishtirok etmoqda!

Bugun 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi o‘z faoliyatini boshladi va Markaziy Osiyodagi eng yirik turizm anjumanida Jizzax viloyati o‘zining yorqin va o‘ziga xos stendi bilan munosib ishtirok etmoqda!

 Jizzax viloyati stendida hududning beqiyos turizm salohiyati keng targ‘ib etilmoqda. Delegatsiya tarkibida sohaning yetakchi mutaxassislari, faol tadbirkorlar, shuningdek, Jizzaxning boy tarixiy merosi va tabiiy go‘zalliklarini namoyish etuvchi tashkilotlar ishtirok etmoqda.

 Jizzax viloyati o‘zining betakror tabiiy landshaftlari, qadimiy tarixiy maskanlari va zamonaviy turizm loyihalari bilan yarmarka mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

 Yarmarka davomida Jizzax stendi mehmonlarga noyob turistik takliflar, yangi marshrutlar, ekologik turizm yo‘nalishlari hamda keng investitsion imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов