-
Нет Отзывов
-
В избранные
HUMO (O‘zbekiston) va «Elkart» (Qirg‘iziston) to‘lov tizimlari o‘zaro ekvayring loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda. Yaqin kelajakda HUMO karta egalari Qirg‘izistonda, «Elkart» to‘lov tizimi qamrab olgan hududda, xuddi shunday «Elkart» egalari O‘zbekistonda xarid qilish va naqd pul yechib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu yechim sayohatlarni osonlashtirib, hisob-kitoblarni qulay va shaffof qiladi.
«Elkart bilan hamkorlikdagi loyiha mintaqa ichidagi hisob-kitoblarni yanada soddalashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir. Endi HUMO kartasi bilan Qirg‘izistondagi kafe, do‘kon yoki mehmonxonada bemalol to‘lov qilish mumkin. Dollar yoki som sotib olish, valyuta ayirboshlashda pul yo‘qotish yoki xalqaro karta ochish va unga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov qilish zarurati yo‘qoladi. Tizim foydalanilmagan mablag‘larni qayta ayirboshlash zaruriyatini bartaraf etib, kurs farqidan kelib chiqadigan yo‘qotishlardan himoya qiladi. Biz uyda ham, xorijda ham foydalanish uchun xavfsiz va qulay moliyaviy muhit yaratmoqdamiz», dedi HUMO biznesni strategik rivojlantirish departamenti direktori Olga Amangeldыeva.
2025 yil noyabr oyining o‘rtalariga kelib, tizim O‘zbekistonning barcha bankomatlarida va asosiy terminal tarmog‘ida ishga tushadi. To‘liq ulanish jarayoni 2026 yilning 1-choragida yakunlanadi.
HUMO va «Elkart» o‘rtasidagi o‘zaro ekvayring biznes uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi: endi chegara hududlaridagi savdo shoxobchalari qo‘shni davlatdan kelgan mijozlardan qo‘shimcha xarajatlarsiz va xalqaro to‘lov tizimlariga ulanmasdan to‘lovlarni qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.
Elkart milliy to‘lov tizimi: https://elcart.kg/
Russian