-
Нет Отзывов
-
В избранные
Manzil: 2025-yil 10-12-noyabr kunlari MGIMO-Toshkent (Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47).
🔹KONFERENSIYANING ASOSIY MAQSADLARI:
➢ Ilmiy, tibbiy va turistik hamjamiyatlarni birlashtirish;
➢ Tibbiyot turizmining barqaror rivojlanishidagi muammolar va istiqbollarni muhokama qilish;
➢ Ilg‘or ilmiy va amaliy bilimlar almashish;
➢ O‘zbekistonni xalqaro darajadagi tibbiyot turizmi markazi sifatida qo‘llab-quvvatlash.
🔹TASHKILOTCHILAR:
➢ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi;
➢ Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;
➢ MGIMO Toshkent filiali.
🔹KONFERENSIYA HAMKORLARI:
➢ Toshkent viloyati hokimligi;
➢ Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
➢ Alfraganus universiteti;
➢ Qo‘qon universiteti;
➢ Qarshi davlat universiteti;
➢ Tojikiston tadbirkorlik va turizm xalqaro universiteti;
➢ EMU University;
➢ Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi davlat muassasasi;
➢ “Tibbiyot tashkilotlari assotsiatsiyasi” yuridik shaxslarining birlashmasi;
➢ "Science & Innovation" ilmiy jurnali.
🔹Tadbirda taqiqotchilar, yosh olimlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, tibbiyot muassasalari, turizm tashkilotlari, hokimiyat organlari vakillari, shuningdek, ixtisoslik yo‘nalishlari talabalari taklif etiladi.
🔹KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:
1. Tibbiyot turizmi: innovatsiyalar va trendlar
• Tibbiy turizmni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektning o‘rni;
• Tibbiy muolajalar va tashxislashda texnologiyalarni rivojlantirish;
• Shaxsiylashtirilgan tibbiyot va uning tibbiy turizmdagi o‘rni;
• Tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish va teletibbiyot.
2. Sog‘lomlashtirish turizmi va kasalliklarning oldini olish
• Kasalliklarning oldini olishga ixtisoslashgan kurortlar va markazlar;
• Sog‘lomlashtirishning terapevtik usullari: an’anaviydan tortib yuqori texnologiyalargacha;
• Sog‘lomlashtirishda fitnes va doimiy dam olishning roli;
• Wellness-turizmining zamonaviy yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollari;
• Keksalar uchun mo‘ljallangan tibbiy turizm.
3. Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmida ekologik yondashuv
• Ekoturizm – tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmining bir qismi sifatida;
• Sanoatdagi barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat;
• Ekologiya va tabiiy omillarning inson salomatligiga ta’siri;
• Ekologik toza kurortlar va sanatoriyalar yaratish.
4. Tibbiyot turizmi uchun ta’lim va kadrlar
• Tibbiyot turizmi sohasi mutaxassislari uchun ta’lim dasturlari;
• Ekologiya va salomatlik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;
• Turizm va tibbiyot sohalaridagi xodimlar uchun professional tayyorgarlik talablari.
🔹KONFERENSIYA DOIRASIDAGI KO‘RGAZMA: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tibbiyot turizmi sohasida innovatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, klinikalar, sanatoriylar va kompaniyalar ishtirokida ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma tashkil etiladi. Ko‘rgazmaning maqsadi - tibbiy turizm sohasidagi zamonaviy yutuqlarni namoyish etish, tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishga ko‘maklashishdan iborat.
🇺🇿 Yangiliklarimizni kuzatib boring:
Rasmiy (https://tridm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/groups/tridm.uz) | Telegram (https://t.me/tdiofficial) |Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCVa0pTUO2nvqV5d31LWGxwQ) | Instagram (https://www.instagram.com/tourism_development_institute/)
Russian