Назад
Fransiyalik elektron musiqa peshqadami Jan-Mishel Jar O‘zbekistonda konserti bo‘lib o‘tdi

Elektron musiqaning asoschilaridan biri, jahon sahnasining afsonaviy ijrochisi va YUNESKO‘ning Ezgu niyat elchisi Jan-Mishel Jar Samarqandda ilk bor jonli ijroda konsert berdi.
Mazkur konsert Registon maydonida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi madaniy dasturi doirasida o‘tkazildi. Anjuman 40 yil mobaynida birinchi marta Parijdan tashqarida o‘tkazilayotgani Samarqandning global muloqot va ijod markazi sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.

Uch madrasa devorlari zamonaviy san’at va qadimiy meros tutashgan jonli tasvirga aylandi — bu  asrlar va madaniyatlar o‘rtasidagi betakror hamjihatlikni aks ettirdi. Bu yorqin kecha yana bir bor O‘zbekistonning an’ana va innovatsiyalar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, tarix va san’atning yagona ohangda jaranglashiga imkon beruvchi maskan ekanini namoyon etdi.

 

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов