Назад
1-noyabrdan 30-noyabrgacha "Keksalar turizmi oyligi" davomida bir qator chegirmalar joriy etiladi.

Keksalarni dam olish vaqtlarini maroqli tashkil etish maqsadida 1-30-noyabr kunlari  “Keksalar  turizm oyligi” o`tkaziladi. 

📝O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2024-yil 19-sentabrdagi ““Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uсhun turizm oyligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni уuqоri saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 28-sonli bayoniga asosan mamlakatimiz bo‘ylab keksalarning sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida  bir qator keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.  Jumladan,

💠Hududlardagi turizm infratuzilmasi obyektlari tomonidan ixtiyoriy chegirmalar taqdim qilinadi;

💠ichki turizm sayohat dasturlari ishlab chiqiladi;

💠sayohat qiluvchilar uchun hududlararo qatnaydigan avtobus, avia va temir yo‘l chiptalariga, shuningdek, litsenziyasi bor tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirma ma’lumotlari e’lon qilinadi;

💠oylik doirasida nuroniylar uchun madaniy-ma’rifiy va dam olish tadbirlari tashkil etiladi hamda respublikadagi teatrlarga nuroniylarning imtiyozli kirishlari ta’minlanadi;

💠madaniy meros va muzeylarga chegirmalar joriy etiladi.

Maqsadimiz - “Keksalar uchun turizm oyligi”ni munosib oʻtkazish, keksa avlod vakillarining vaqtini, dam olishlarini mazmunli tashkil etish hamda ichki turizmni rivojlantirishdir!

Shu munosabat bilan  transport xizmatlari, madaniy meros ob’ektlari hamda muzeylarga bir qator chegirmalar joriy etilmoqda. Bu haqda Turizm qo‘mitasi o‘z rasmiy sahiflarida e’lon qildi. https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/96230

Xususan, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

Xususan, respublika bo‘ylab “Uzbekistan Airweys” 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun barcha iqtisodiy klass chiptalariga 15 foizgacha chegirma taqdim etadi. Ushbu taklif aviakompaniyaning 2025 yil 1 noyabrdan 30 noyabrgacha bo‘lgan ichki parvozlarida amal qiladi.

 “O‘zbekiston temir yo‘llari” ushbu toifadagi fuqarolar uchun “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdlaridan tashqari barcha ichki yo‘nalishlardagi poezdlarga yo‘l haqining tarif qismidan 20 foiz chegirma e’lon qiladi.

 Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va madaniy meros obektlariga kirish chiptalari uchun 10 foizgacha hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarga 20 foizgacha chegirmalar joriy qilingan.

 

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов