-
Нет Отзывов
-
В избранные
Bugungi kunda Romitan tumani hududida joylashgan O‘ba qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomini berish bo‘yicha keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda qishloqda rasmiy ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mahalliy xonadonlar oilaviy mehmon uylariga aylantirilmoqda. Shuningdek, mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida infratuzilma obyektlari, xususan, yo‘llar, yo‘l ko‘rsatkichlari, dam olish maskanlari, milliy ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, qishloqning diqqatga sazovor joylari, qadimiy me’moriy yodgorliklari, urf-odat va an’analari asosida turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda. Mahalliy aholi vakillarini turizm sohasiga jalb etish, ularni malakali gid, hunarmand va xizmat ko‘rsatuvchi sifatida tayyorlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur loyiha Romitan tumanining turizm salohiyatini oshirish bilan birga, O‘ba qishlog‘idagi aholi bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.