-
Нет Отзывов
-
В избранные
2025-yil 23-avgust kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan “Ushot” turizm qishlog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turizm sohasi vakillari, mahalliy aholi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirni Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida viloyatda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, turizm qishloqlarining iqtisodiy va madaniy ahamiyati, chekka hududlarda xizmatlar sohasini diversifikatsiya qilish va shu orqali yoshlarning, ayollarning muqim bandligini ta'minlashga erishish haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
So'ng, O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi tomonidan Jondor tumanining Ushot qishlog'iga "turizm qishlog'i" maqomi berilgani to'g'risidagi sertifikat tantanali ravishda taqdim etildi.
Tadbir davomida turizm sohasi vakillari uchun "Ushot" turizm qishlog‘ida yangi tashkil etilgan turistik obyektlar bilan tanishtirish maqsadida infotur tashkil etildi. Mehmonlar qishloqdagi mehmon uylari, hunarmandchilik ustaxonalari, “O‘zbek non madaniyati xonadoni” va boshqa turistik imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.