-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-sonli qaroriga asosan, Buxoro tumanidagi “Shergiron” MFYga qarashli Chor Bakr qishlog‘i turizm qishlog‘i maqomi beriladigan mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Qishloqning turistik imkoniyatlarini o‘rganish va qo‘shimcha turizm namoyish obyektlarini tashkil etish, shuningdek, “turizm qishlog‘i” maqomini olish yuzasidan qonunchilikda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mas'ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Chor Bakr ziyoratgohida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari, hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanadigan xonadonlar, qadimiy uylar, 20 dan ortiq restoranlar, yangi qurilayotgan mehmonxonalar faoliyati o‘rganildi.
Mazkur “turizm qishlog‘i” loyihasi doirasidagi ishlar 2026-yilga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo'lib, jarayonni yanada jadallashtirish maqsadida mutasaddilar tomonidan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.