Назад
G‘ozg‘on shahri "Shohimardon" qadamjosiga olib boradigan yo‘l qurilishi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov G‘ozg‘on shahri "Shayxon" MFY hududida joylashgan qadimiy tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab "Shohimardon" qadamjosiga olib boradigan yo‘l qurilishi hamda uning atrofini obod qilish, bunyodkorlik ishlari hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilish loyihalari bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, Shohimardon va Hazrat Ali ziyoratgohlariga olib boruvchi ushbu yo‘l ziyoratgoh ko‘cha hisoblanib, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun 45 ta mehmon uylari tashkil etilishi hamda 24/7 formatida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Ushbu mehmon uylarining birinchisi allaqachon faoliyat yurita boshladi va u bir vaqtning o‘zida 10 kishini o‘z bag‘riga olish imkoniga ega. Shuningdek, 24/7 formatida faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasidan qator xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, savdo do‘konlari joy olgan.

Viloyat hokimi tegishli mas’ullar bilan suhbatlashar ekan, G‘ozg‘on shahrida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, hududlarning me’moriy qiyofasini o‘zgartirish, zamonaviy ob’ektlar qurish hamda aholi bandligini ta’minlash doimiy e’tiborida ekanligini ta’kidladi.

Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
REDUX
Был в сети: (qiymatlanmagan)
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие
    Hech nima topilmadi.