Назад
Barcha tadbirkorlarga mehmonxona qurishga kredit ajratiladi

 

Farmonga ko‘ra (https://t.me/huquqiyaxborot/18476), 2026 yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:

🔹2026–2028 yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:

viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd so‘mgacha;

boshqa hududlarda – 10 mdrd so‘mgacha;

🔹har yili sayyohlarning eng ko‘p e’tiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy e’tirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 mln AQSh dollariga teng tanlov o‘tkazish.

🔹2026 yildan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов