-
Нет Отзывов
-
В избранные
Farg'ona viloyatida - Farg‘ona shahar, Marg‘ilon shahar va Qo‘qon shaharida yangi avtomobildan xoli hududlar tashkil etilmoqda. Bu hududlar sayohatchilar va fuqarolar uchun ekologik toza, xavfsiz va qulay sharoit yaratadi.
Aniq joylashuvlar:
Farg‘ona shahar - I.Karimov nomidagi san’at saroyi (1,8 km),
“Eko shahar” madaniy dam olish bog‘i (0.9 km),
Ahmad al-Farg‘oniy istirohat bog‘i (0,4 km).
Marg‘ilon shahar - E.Vohidov nomidagi istirohat bog‘i (0,5 km).
Qo‘qon shahar - O‘rda maydoni (0,4 km),
“Istiqlol turizm ko‘chasi hududlari (0,2 km).
Tizimning afzalliklari:
Atrof-muhitni muhofaza qilish: Avtomobillardan xoli hududlar orqali havoning ifloslanishi kamayadi.
Sayohatchilar uchun qulaylik: Tabiiy go‘zalliklarni to‘liq baholash uchun avtomobilsiz sayohat qilish imkoniyati.
Xavfsizlik: Yo‘l-transport hodisalarining kamayishi, piyodalar uchun xavfsiz muhit.
Turar joy va xizmatlar uchun yangi imkoniyatlar: Yangi turizm imkoniyatlari ochiladi, tadbirkorlar uchun ham foydali.
Fargʻona viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmat
Russian