-
Нет Отзывов
-
В избранные
Tadbirda turizm sohasi vakillari, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, transport xizmatlari ko‘rsatuvchilar, hunarmandlar va boshqa tashkilotlar o‘z faoliyatini namoyish qildilar.
Shuningdek, aholiga turli imtiyozli yo‘llanmalar, yangi turpaketlar va sayohat yo‘nalishlari taklif etildi.
Mazkur yarmarka ichki turizm sohasining eng faol vakillarini bir joyga to‘plab, yangi hamkorlik eshiklarini ochmoqda. Mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentlar va mehmon uylari egalari o‘z xizmatlarini namoyish etib, sayohat ixlosmandlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida hamkorlik kelishuvlariga erishmoqdalar.
Bir yilda ikki marta muntazam o‘tkazib kelinayotgan ushbu yarmarka mahalliy tadbirkorlik subyektlarining o‘z xizmatlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.