Назад
Qozog‘istonda “Garri Potter poezdi” ishga tushirilmoqda

 

Qozog‘istonda elektropoezd yo‘lovchilari uchun “Garri Potter poezdi” nomli madaniy-ko‘ngilochar shou ishga tushirilmoqda. Bu haqda mamlakatning “Yo‘lovchi tashish” AJ matbuot kotibi ma’lum qildi.

 

“Sayohat davomida yo‘lovchilarni Garri Potter olamining mashhur qahramonlari qiyofasidagi aktyorlar ishtirokidagi teatrlashtirilgan shou kutmoqda. Dasturda bolalar va kattalar ertaknamo sayohat muhitiga sho‘ng‘ish imkonini beruvchi interaktiv elementlar mavjud. Har bir yosh yo‘lovchiga esdalik sovg‘asi sifatida sehrli tayoqcha topshiriladi. Shou to‘rtta yangi vagondan iborat elektropoezd ichida tashkil etilgan”, deya ta’kidlandi kompaniya xabarida.

 

Elektropoezd Ostona-1—Tastaq—Ostona-1 yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi. Dastur davomiyligi ikki soatni tashkil etadi. “Garri Potter poezdi”ning eng yaqin reyslari 5 oktabr va 12 oktabr kuni soat 11:25 da jo‘nab ketadi.​

Chiptaning aniq narxi ko‘rsatilmagan, biroq 30 sentabrgacha oldindan bron qilinsa, narxi yoshidan qat’i nazar, bir kishi uchun 18 700 tenge (34,5 dollar) etib belgilangan. Guruhlar uchun chegirmalar mavjud.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов