-
Нет Отзывов
-
В избранные
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Nurota tumanida zamonaviy "Naqshlar va nurlar" milliy kashtachilik markazi tashkil etiladi.
📊Nurota tumani hokimi A.Fayziyev tumandagi markaziy istirohat bog‘ida tashkil etiladigan markaz loyihasining dastlabki bosqichi bilan tanishdi.
📊Tashrif davomida hokim tumandagi lider kashtachilar va hunarmand ayollar bilan uchrashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.
🌍 Markaz faoliyati milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, ayollar va yoshlarni amaliy hunarga o‘rgatish hamda ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan.
🌍 Mazkur markaz Nurota tumanida hunarmandchilik va turizmni uyg‘un rivojlantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda mahalliy brendlarni yaratishga xizmat qiladi.
Russian