Sherobod tumanidagi “Xo‘jaikon” tuz koni hududida “Salomatlik turizmi” shaharchasi bunyod etmoqda

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Xo‘jaikon” tuz koni hududida Eronning “Kapa yurt salt taun” mas’uliyati cheklangan jamiyati Germaniyaning “Bizayla” kompaniyasi hamkorligida qiymati 50 million dollarga teng “Salomatlik turizmi” shaharchasini bunyod etmoqda.

Ko‘hitang tog‘ tizmasi qo‘ynida dengiz sathidan 1 ming 200 metr balandlikda “Xo‘jaikon” tuz g‘ori bor. Bu yerda 35 yilcha avval barpo etilgan uzunligi 200 metrli g‘or devorlari 1-3 santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan. Tabiatning mo‘’jizakor shifobaxsh maskanida yozning chillasida ham havo harorati mo‘’tadil iliq bo‘ladi. 

Tabiiy tuzlardan hosil bo‘lgan nafis san’at galereyasini eslatadigan noyob g‘orning ichki uzun yo‘lakchasida tuz eritmali shifobaxsh suv sizib turadi. Xonalarning harorati, namligi, bosimi va mikroiqlimi bir-biridan farq qilib, turli kasalliklarga malham bo‘ladi.

Lokatsiya
REDUX
Был в сети: 22.12 20:07
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие