Toshkentda Disneylend tematik parki va ijodiy kinoteatr parki qurilishi mumkin

Bugun “The Walt Disney Company” kompaniyasining vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maqsadimiz — O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish.

Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlamoqchimiz. Janob Vashington mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi hamda barcha tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda “Disney”ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirdik.

Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan “Cinema Park” kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan “Disneyland” tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.
Manba: t.me/SShMirziyoyeva

REDUX
Был в сети: 22.12 14:09
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие