-
Нет Отзывов
-
В избранные
🛫 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 2,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Yaponiyaga safar qilgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,2 foizga oshgan.
📊 Joriy yilning 11 oyida Yaponiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 2,2 ming nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 294 nafar, o‘qish uchun 137 nafar, xizmat yuzasidan 58 nafar hamda davolanish maqsadida 4 nafar fuqaro safar qilgan.
🛬 Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistonga qariyb 30 ming nafar Yaponiyaliklar turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
📊 Yaponiyalik turistlar soni avvalgi yilning mos davriga nisbatan 41,1 foizga ko‘paygan.
📊 Yaponiyaliklarning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 27,6 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash — 1,5 ming nafar, xizmat yuzasidan — 784 nafar, o‘qish — 71 nafar, tijorat maqsadida — 1 nafar tashrif qayd etilgan.
Russian