-
Нет Отзывов
-
В избранные
-
Печатать
-
Дата
-
Время
-
1-taom
-
Manti
Manti - bu turkiy va musulmon xalqlari oshxonalarida mashhur bo‘lgan klassik taom: Kavkaz, Turkiya, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston va hatto Xitoy va Koreyada. Rossiyada va postsovet hududida manti sobiq Sovet Ittifoqi Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan juda mashhur taomdir. Taomning kelib chiqishi hali nomaʼlum. Ko‘pgina faktlar, shu jumladan etimologik dalillar, ushbu retsept Xitoyda paydo bo‘lganligini va Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab yana-da keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Anʼanaga ko‘ra manti manti pishirgichi, manti pishiruvchisi, manti qozon yoki manti-kaskan deb nomlangan maxsus moslamada pishiriladi. Manti qozon odatda ko‘p qavatli. Suv pastki kameraga quyiladi va yuqori bo‘linmalarda bug‘ oqadigan teshiklar mavjud (lappaylar) bo‘lib, ular ovqat pishirishga imkon beradi. Manti qozonda bir vaqtning o‘zida 40 yoki undan ortiq manti pishirish mumkin. Mantining masalliqlariga qarab kòk manti , goʻshtli manti, qovoqli manti ,yalpiz manti va kartoshkali manti kabi turlari bor.
-
2-taom
-
Kesma lagʻmon
Ushbu lag‘mon haqiqiy o‘zbek pazandaligiga xos bo‘lib, juda qadim davrlarda kelib chiqqan. G‘oyat to‘q tutar va serlazzat bo‘lib, mehmon dasturxoniga qo‘ysa arzigulik taom. Yilning to‘rtala faslida ham tayyorlasa bo‘ladi. Bunday lag‘mon Farg‘ona vodiysida ko‘proq tayyorlanadi. Kesma lag‘monning tayyorlanishi quyidagicha: xamirni xuddi chuchvaraga tayyorlagandek qilib qoriladi, tindirib, so‘ng o‘qlov yordamida 2-3 mm qilib yoyiladi. Yoymani taxlab eni 4-5 mm keladigan uzun-uzun tasmalar kesiladi, bir-biriga yopishib ketmasligi uchun urvoqqa belanadi. Shunday kesilgan ugrani qaynab turgan tuzli suvga solib pishiriladi, yuziga qalqib chiqqanda chovlida suzib olib sovuq suvda 2-3 bor chayqab yuborilgandan so‘ng sirqitib qo‘yiladi. Qaylasi bunday tayyorlanadi: piyozni halqa-halka, go‘shtni bodom kattaligida lo‘nda-lo‘nda qilib, pomidorni tilik-tilik, kartoshkani o‘rtacha (1,5 X 1,5 X 1,5 sm), turpni kichik (0,5 X 0,5 X 0,5 sm) kubik shaklda to‘g‘raladi, karam, chuchuk garmdori va sarimsoqni mayda chopiladi. Qozonda yog‘ni dog‘lab piyoz tashlanadi, uncha qizarmasdan turib go‘shtni solinadi, seli chiqa boshlaganda sarimsoq bilan pomidorni solib to pomidor ezilib seli chiqkuncha jazlanadi. Qishda pomidor o‘rniga tomat ishlatish mumkin. So‘ngra turp, chuchuk garmdori va karamni solib, kovlab chala pishguncha qovuriladi-da, biroz suv quyib sust olovda miltiratib, barcha masalliq to‘la yumshaguncha qaynatiladi. Agar suvi bug‘lanib ketsa, har bir masalliq to‘la yumshaguncha qaynatiladi. Agar suvi bo‘g‘lanib ketsa, bir oz issiq suv qo‘shiladi. Tuzini rostlab qalampir sepiladi. Qayla juda ham suyuq yoki o‘ta quyuq bo‘lmay, o‘rtacha bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Dasturxonga tortishda tayyor ugrani qaynoq suvga pishib, ilitib olgach, laganga bir qavat qilib solinadi, ikkinchi qavatiga qayladan solinadi, ustidan uchinchi qavat yana ugra solib tepasi — to‘rtinchi qavatiga yana qayla solinadi, chopilgan oshko‘klardan sepib keltiriladi.
-
Desert
-
Yupqa
Yupqa — xamir, goʻsht va piyozdan tayyorlanadigan taom. Goʻshtni goʻsht qiymalagichdan oʻtkazib, mayda toʻgʻralgan piyoz, murch bilan aralashtiriladi va qovurib olib qoʻyiladi. Xamirdan 30 g li zuvalachalar yasalib, yupqa qilib yoyiladi. Qizigan qozonga yarim qoshiq yogʻ surtib, yoyilgan xamirlardan biri ikkala tomonidan yaxshilab singitib pishiriladi. Soʻngra qozonga ikkinchi Yu.ni solib pishiriladi va qozonda qoldirilib, betiga tayyor qiymadan bir tekis solinib, ustiga birinchi pishirilgani yopiladi. Buning betiga ham qiymadan solib yana navbatdagi yoyilgan xamir yopiladi va pishirish uchun agʻdariladi. Qavatlar so



- Электронная почта:
- Номер телефона:
- Адрес: alsdjfalsjkf
- Ответственное лицо: Izzat Corporation
- Страна: Uzbekistan