-
Нет Отзывов
-
В избранные
-
Печатать
-
Дата
-
Время
-
1-taom
-
Kesma lagʻmon
Ushbu lag‘mon haqiqiy o‘zbek pazandaligiga xos bo‘lib, juda qadim davrlarda kelib chiqqan. G‘oyat to‘q tutar va serlazzat bo‘lib, mehmon dasturxoniga qo‘ysa arzigulik taom. Yilning to‘rtala faslida ham tayyorlasa bo‘ladi. Bunday lag‘mon Farg‘ona vodiysida ko‘proq tayyorlanadi. Kesma lag‘monning tayyorlanishi quyidagicha: xamirni xuddi chuchvaraga tayyorlagandek qilib qoriladi, tindirib, so‘ng o‘qlov yordamida 2-3 mm qilib yoyiladi. Yoymani taxlab eni 4-5 mm keladigan uzun-uzun tasmalar kesiladi, bir-biriga yopishib ketmasligi uchun urvoqqa belanadi. Shunday kesilgan ugrani qaynab turgan tuzli suvga solib pishiriladi, yuziga qalqib chiqqanda chovlida suzib olib sovuq suvda 2-3 bor chayqab yuborilgandan so‘ng sirqitib qo‘yiladi. Qaylasi bunday tayyorlanadi: piyozni halqa-halka, go‘shtni bodom kattaligida lo‘nda-lo‘nda qilib, pomidorni tilik-tilik, kartoshkani o‘rtacha (1,5 X 1,5 X 1,5 sm), turpni kichik (0,5 X 0,5 X 0,5 sm) kubik shaklda to‘g‘raladi, karam, chuchuk garmdori va sarimsoqni mayda chopiladi. Qozonda yog‘ni dog‘lab piyoz tashlanadi, uncha qizarmasdan turib go‘shtni solinadi, seli chiqa boshlaganda sarimsoq bilan pomidorni solib to pomidor ezilib seli chiqkuncha jazlanadi. Qishda pomidor o‘rniga tomat ishlatish mumkin. So‘ngra turp, chuchuk garmdori va karamni solib, kovlab chala pishguncha qovuriladi-da, biroz suv quyib sust olovda miltiratib, barcha masalliq to‘la yumshaguncha qaynatiladi. Agar suvi bug‘lanib ketsa, har bir masalliq to‘la yumshaguncha qaynatiladi. Agar suvi bo‘g‘lanib ketsa, bir oz issiq suv qo‘shiladi. Tuzini rostlab qalampir sepiladi. Qayla juda ham suyuq yoki o‘ta quyuq bo‘lmay, o‘rtacha bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Dasturxonga tortishda tayyor ugrani qaynoq suvga pishib, ilitib olgach, laganga bir qavat qilib solinadi, ikkinchi qavatiga qayladan solinadi, ustidan uchinchi qavat yana ugra solib tepasi — to‘rtinchi qavatiga yana qayla solinadi, chopilgan oshko‘klardan sepib keltiriladi.
-
2-taom
-
Noʻxatshoʻrak
No’xatsho’rak ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri bo’lib, uni asosan Samarqad viloyatida keng tayyorlashadi. No’xatsho’rakdagi no’xatlar bir kechaga ivitib qo’yiladi va kun bo’yi qaynatib pishiriladi. Qarabsizki, undagi qo’y go’shti va no’xat tobida yetilib pishadi va og’zingizda erib ketadi.
-
Desert
-
Chak-chak
Chak chak - òzbek oshxonasining mazzali shirinligi.Buni tayyorlashda kichik xamir bòlaklarini qovurishadi va issiq asal yokida shakar siropiga solgan holda tayyorlashadi.Xamir bòlaklari bir birisiga yopishgandan song ajoyib pishiriq tayyor bòladi.Chak chakga kòpincha qòshimcha tam uchun dolchin kabi ziravorlar qòshiladi.Va tabga kòra bodom ,yonĝoq kabi quruq mevalardan foydalaniladi.Odatda chak chak milliy bayram tadbirlarda dasturxonga



- Электронная почта:
- Номер телефона:
- Адрес: alsdjfalsjkf
- Ответственное лицо: Izzat Corporation
- Страна: Uzbekistan