-
Нет Отзывов
-
В избранные
Amudaryo deltasi va Orol dengizi atroflarida tayyorlanadigan baliq qarma taomiga “geografik ko‘rsatkich” maqomi berildi. Bu orqali taomning an’anaviy tayyorlash texnologiyasi huquqiy himoyaga olinib, Qoraqalpog‘istonning gastronomik brendi targ‘ib qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga xos bo‘lgan baliq qarma milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Taom Orol dengizi va Amudaryo deltasiga yaqin hududlarda shakllangan qadimiy ovqatlanish an’analari, baliqchilikka tayanuvchi turmush tarzi, shuningdek o‘ziga xos tayyorlash usuli bilan ajralib turadi. Baliq qarma tarkibida pishirilgan baliq, sho‘rva, 1×1–2×2 sm o‘lchamdagi quritilgan xamir bo‘laklari hamda sabzavotlar ishlatiladi. Sho‘rvaning yuzasidan olingan yog‘ mayda to‘g‘ralgan piyoz ustiga quyilib, taomga xos ta’m va hidni beradi.
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi “Baliq qarma” nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Qoraqalpog‘istonning hududiy gastronomik brendini targ‘ib etish imkonini kengaytiradi.
Russian