Narxlar:
qulupnayli muzqaymoq-11 000 so'm;
konyakdagi "yozgi" muzqaymoq-6000 so'm.
Manzillar:
Chilonzor tumanidagi filial;
Buyuk ipak yo'li metro stansiyasi yaqinidagi filial;
"Amir Temur"filiali;
Xadra filiali.
Ma'lumot uchun telefon: (+998) 78-129-7000.
G‘ijduvon tumani "Qo‘rg‘on" turizm mahallasiga qarashli "Yoshlar bog‘i" (aleya)da milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida “G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari” nomli gastronomik festival tashkil etilmoqda
Mazkur festival viloyatimiz mehmonlari, xorijiy sayyohlar hamda mahalliy aholi uchun Buxoroning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchiligi va pazandachilik san’ati namoyish etilmoqda.
Festival doirasida kulolsozlar, kashtado‘zlar va boshqa hunarmandlarning mahorat darslari, yosh suratkashlarning ko‘rgazmalari va ayniqsa, milliy folklor jamoalarning sahna chiqishlari festival ishtirokchilariga xush kayfiyat bag'ishlamoqda.
Tadbir davomida G‘ijduvonning mashhur kulolchilik maktabi va milliy taomlari mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Festival Buxoroning sayyohlik salohiyatini yana bir bor namoyon etilib, mahalliy va xorijiy mehmonlarda ulkan taassurot qoldirmoqda.
Ta'kidlash joizki, ushbu festival xalq hunarmandchiligi va gastronomik merosimizni asrab-avaylash, targ‘ib qilish hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Surxondaryo viloyatida tog‘li rekretsion hududlar, suv omborlari, ko‘llar va daryo sohillari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tabiatga ziyon yetkazmagan holda turizmni rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Janubiy Surxon suv ombori" hududida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 mlrd so‘mlik urizm kompleksi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.
Viloyat hokimi taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifalari topshirildi.
Manbaa: t.me/axborot_xizmati
Prezidentimizning qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatida 3 ta yirik turizm markazi barpo etilmoqda. Ularning biri — 615 gektar maydonni qamrab olgan "Sangardak" turizm markazi bo‘lib, loyiha "Turonbank" va xorijiy kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqilgan master-reja asosida amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurib, "Turonbank" ATB boshqaruvi raisi Chori Mirzayev bilan markazdagi qurilish ishlari, kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosini o‘rgandi.
Hududda 9,5 km ichimlik suvi tarmog‘i va suv inshooti, shu miqdordagi oqova suv kollektori hamda tozalash inshooti qurilishi, mavjud ichki yo‘llarni zamonaviy ta’mirlash va avtoturargohni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Президент Шавкат Мирзиёев 25 август куни Самарқандга ташриф буюрди. Эзгу анъанага мувофиқ, аввало, Имом Бухорий мақбараси зиёрат қилинди. Қуръон тиловат этилиб, дуо ўқилди.
Давлатимиз раҳбари бу ердаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди.
Буюк муҳаддис бобомизга бутун ислом оламида эҳтиром баланд, унинг мақбарасини кўриш истагидаги инсонлар кўп. Шу боис зиёратчиларга шароитларни кенгайтириш мақсадида бу ерда улкан мажмуа барпо этилмоқда.
Зиёратгоҳнинг умумий майдони 44 гектар этиб кенгайтирилган. Мўътабар мақбара, 10 минг кишилик масжид ва маъмурият биноси қуриб битказилган. Мажмуанинг 4 бурчагидаги 75 метрлик миноралар унга маҳобат бағишлаган.
Айни пайтда пардозлаш ишлари олиб борилмоқда. Пештоқлар ва айвон деворларига “Саҳиҳи Бухорий”дан ҳадислар битилмоқда.
Президентимиз бу мажмуа фақат зиёрат эмас, илм-маърифат, тарбия ва ибрат маскани бўлиши кераклигини таъкидлади. Имом Бухорийнинг буюк изланишлари, билими ва камолоти бу ерга келувчилар, айниқса, ёшлар учун эзгу намуна бўлиши қайд этилди.
Шу мақсадда янги мажмуада инновацион музей ҳам ташкил этилмоқда. У ислом оламида муҳаддислар султони дея эътироф этилган Имом Бухорийнинг ҳаёти ва илмий мероси, ислом маърифати ривожига қўшган ҳиссасини намоён этади. Шунингдек, музейда Қуръони каримда исмлари зикр қилинган 25 та пайғамбар тарихи, Муҳаммад алайҳиссаломнинг шажараси, Макка ва Мадинадаги ҳаёти, ҳадисларнинг жамланиши ва ёзилиши ҳақидаги маълумотлар жойлаштирилади.
Зиёратгоҳ атрофида меҳмонхона ва бошқа хизмат кўрсатиш бинолари ҳам қурилиш ишлари якуний босқичга кирган.
Давлатимиз раҳбари қурилишни сифатли бажариш, одамларга қулайликларни кенгайтириш, мажмуа атрофида яшил майдонларни кўпайтириш бўйича кўрсатмалар берди.
Манба: (https://president.uz/uz/lists/view/8417)
“Халқаро замонавий санъат биенналесини юқори савияда ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–260-сон, 21.08.2025 й.) қабул қилинди.
✅ 2025 йилдан ҳар 2 йилда 1 марта сентябрь–ноябрь ойларида Бухоро шаҳрида халқаро замонавий санъат биенналеси ўтказиб борилади.
⏳ Биринчи Биеннале 2025 йил 5 сентябрь – 20 ноябрь кунлари юқори савияда ўтказилади.
🏛 Халқаро замонавий санъат биенналесига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш бўйича ташкилий қўмита тузилади.
❇️ Биеннале ўтказиладиган 14 та маданий мерос объекти кўргазма ва тадбирлар, таълим ва тадқиқот, ижодиёт ва ишлаб чиқариш жараёнлари уйғунлашган креатив кластерга айлантирилади.
📙 Дунёга таниқли ижодкор, мутахассис ва ошпазлар иштирокида кенг жамоатчилик учун 10 ҳафталик илмий-маърифий, маданий-кўнгилочар, сайёҳлик ва гастрономик дастурлар ташкил этилади.
🖼 30 нафардан ортиқ халқаро эксперт, куратор ва санъатшунослар иштирокида халқаро академик симпозиум ўтказилади.
t.me/huquqiyaxborot
Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июль ойларида жами 6,3 млн нафар чет эл фуқаролари туристик мақсадларда Ўзбекистонга ташриф буюрган.
Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда қарийб 2,1 млн нафарга ёки 48,9 % га ошган.
🌍 Уларнинг сони мамлакатлар бўйича қуйидагича:
Қирғиз Республикаси – 1 846 030 нафар;
Қозоғистон – 1 466 535 нафар;
Тожикистон – 1 441 618 нафар;
Россия – 536 849 нафар;
Афғонистон – 267 485 нафар;
Туркманистон – 208 864 нафар;
Хитой – 103 158 нафар;
Туркия – 96 492 нафар;
Ҳиндистон – 38 008 нафар;
Корея Республикаси – 25 057 нафар;
Бошқа давлатлар – 289 023 нафар.
📊 Уларнинг сони сафар мақсадлари бўйича қуйидагича:
қариндошларни йўқлаш – 4 338 164 нафар;
сайёҳлик – 949 933 нафар;
хизмат юзасидан – 710 303 нафар;
тижорат – 255 136 нафар;
даволаниш – 54 882 нафар;
Surxondaryo viloyati o‘zining tabiiy resurslari, eko va tibbiy turizm yo‘nalishlaridagi boy salohiyati bilan xalqaro investorlarni tobora ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda. Jumladan, Xo‘jaikon tuz g‘orida yangi turizm loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator kompaniyalardan takliflar kelib tushmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslar bilan viloyatga tashrif buyurgan Kapayurt Soon kompaniyasi direktori, shuningdek import-eksport, investitsiya va onlayn savdo platformalari asoschisi Abdul Karim Sadeqi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda investor tomonidan eko va tibbiy turizm sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, ularning texnik-iqtisodiy asoslari hamda istiqboldagi natijalari haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar mutaxassislar ishtirokida loyihani chuqur ishlab chiqish, joy tanlash va yo‘nalishlarini aniqlash, shuningdek amalga oshirish bosqichlari yuzasidan keng qamrovli muzokaralar olib borishga kelishib oldilar.
https://gov.uz/uz/surxondaryo
Kapayurt loyihasi haqida ma`lumot:
An’analardan ilhomlangan innovatsion qishloq – Xo‘jaykonning tarixiy sho‘r tog‘ida tez orada paydo bo‘lib, sayyohlar uchun jozibali, unutilmas va unutilmas maskanga aylanadi. Ushbu qishloq an'anaviy me'moriy uslubda yaratilgan, ammo ayni paytda zamonaviy turmush standartlari bilan uyg'unlashib, qulay dam olish uchun zarur bo'lgan hamma narsani taklif etadi: mahalliy lazzat va shinam dam olish joylariga ega bo'lgan go'zal uylardan an'anaviy do'konlar, mahalliy restoranlar, ko'ngilochar bog'lar, klinikalar, ixtisoslashtirilgan tuz terapiya xonalari, ma'muriy binolar, tuz terapiyasi bo'yicha maslahat markazlari, shuningdek, oziq-ovqat va sanoat tuzlari uchun maxsus o'yin maydonchalari. Kapayurt qishlog‘i Markaziy Osiyoda, ya’ni O‘zbekistonda ilk bor barpo etilmoqda. Ushbu noyob majmua nafaqat an'anaviy qurilish usullaridan ilhomlanib, balki turli oilalar va guruhlar uchun mo'ljallangan, turli o'lchamdagi 540 dan ortiq go'zal inshootlarga ega 50 gektardan ortiq maydonda joylashgan mintaqadagi birinchi turizm va tuz terapiya markaziga aylanadi. U ming yillik tarixga ega millionlab tonna tuz konlari joylashgan tog‘ etagida joylashadi. Loyiha tashqi dizaynning badiiy va ekologik go'zalligini ichki makonlarning xilma-xil va amaliy funksionalligi bilan birlashtiradi. Bundan tashqari, majmuada go‘zal piyoda va velosport yo‘laklari, beg‘ubor tog‘lar bilan o‘ralgan osoyishta yashil landshaftlar bo‘ladi. Bu yerda O‘zbekiston madaniyatining rang-barangligini aks ettiruvchi an’anaviy liboslar ko‘rgazmalari, mahalliy taomlardan tatib ko‘rish va moda namoyishlari o‘tkaziladi. Tashqi gumbazlar nafis me’moriy dizaynga ega bo‘lib, ichki bo‘shliqlar yotoq xonalari, ovqat xonalari, tuz va tuz ingalyatsion kameralari, oshxonalar, an’anaviy vannalar, shuningdek, zamonaviy hojatxonalar bilan to‘liq jihozlangan xonalarni o‘z ichiga oladi. Yer yostig'i qurish ajoyib san'at - bu dunyoning turli mamlakatlarida ko'p yillar davomida qo'llanilib, tinchlik va qulaylik keltiradi, tabiiy isitish va sovutishni ta'minlaydi va hayot sifatini yaxshilaydi, bu juda qimmatli natijalar beradi. Surxondaryo viloyatidagi tarixiy Xo‘jaykon tuz koni yaqinida joylashgan Kapayurt klassik va an’anaviy usullardan foydalangan holda bunyod etilib, sayyohlar jo‘shqin tajribalarni boshdan kechirishlari, dam olishlari va tuz terapiyasining noyob afzalliklaridan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘lgan turizm, sog‘lomlashtirish va dam olish maskaniga aylanadi.
Ichki turizm yo'nalishida "To'rt faslning har birida sayohat" dasturi doirasida hamda viloyatimizning turistik salohiyatini oshirish, aholi orasida ichki sayohatlarni kengaytirish maqsadida, joriy yilning 27-avgust sanasida Navoiy viloyati Nurota tumani "Chashma" majmuasida turizm yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat yurutuvchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va barcha korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishi mumkin!
Tadbirda turizm sohasi vakillari, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, transport xizmatlari ko‘rsatuvchilar, hunarmandlar va boshqa tashkilotlar o‘z faoliyatini namoyish qildilar.
Shuningdek, aholiga turli imtiyozli yo‘llanmalar, yangi turpaketlar va sayohat yo‘nalishlari taklif etildi.
Mazkur yarmarka ichki turizm sohasining eng faol vakillarini bir joyga to‘plab, yangi hamkorlik eshiklarini ochmoqda. Mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentlar va mehmon uylari egalari o‘z xizmatlarini namoyish etib, sayohat ixlosmandlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida hamkorlik kelishuvlariga erishmoqdalar.
Bir yilda ikki marta muntazam o‘tkazib kelinayotgan ushbu yarmarka mahalliy tadbirkorlik subyektlarining o‘z xizmatlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Sana: 28-avgust 2025 y. Soat 17:30da
🔖 Mazkur yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat yurutivchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillari ishtirok etishi mumkin!
Yarmarka davomida sizni nimalar kutyapti?
➕ Ichki turizm sohasida yangi hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish;
➕ Respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan ichki turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan davra suhbatlari;
➕ Yarmarka davomida madaniy ko'ngilochar dasturlar.
🆓 Yarmarkada ishtirok etish mutlaqo BEPUL!
Manzil uchun yozuv ustiga bosing! (https://maps.app.goo.gl/8KhCwe7cApD1wC63A?g_st=com.google.maps.preview.copy)
⬇️ Agar siz “Ichki turizm yarmarkasi” ishtirokchisi bo‘lishni istasangiz va sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, quyidagi raqamlar orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin:
📞+998 91 557 76 43
📞+998 93 333 65 10
Mazkur Yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat olib borayotgan turoperatorlar, turagentliklar, mehmonxonalar, xostellar, mehmon uylari hamda turizmga oid boshqa xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida turizm sohasi vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi shartnomalar imzolash, shuningdek, respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tuyada sayr qilish, an’anaviy kechki ovqat va yulduzlar ostida tunash dam olishni o‘zgacha qiladi.
📍Manzil (https://maps.app.goo.gl/PYeapb6FT75ommHn9)
💹Yurt camps in the Kyzylkum Desert offer a perfect escape for adventure lovers — camel rides, local cuisine, and starry desert nights make it unforgettable.
Axsikentga Qozog‘iston Milliy arxeologiya markazi rahbari Erali Akimbek boshchiligidagi olimlar guruhi tashrif buyurdi.
Axsikent kompleks arxeologik ekspeditsiyasi rahbari, professor Abdulhamid Anorboev mehmonlarga 3000 yillik tarixga ega maskanda amalga oshirilayotgan muzeylashtirish ishlari, arxeologik izlanishlar haqida ma’lumot berdi.
- Namangan tarixga bo‘lgan munosabat, arxeopark yaratishda butun dunyoga o‘rnak bo‘lmoqda. Bu ish boshida Davlatingiz rahbari turgani o‘ta quvonarli xol, - dedi Erali Akimbek.
Xorijiy olimlar guruhiga O‘zRFA Milliy arxeologiya markazi direktori, professor Farhod Maqsudov, Samarqand Arxeologiya instituti direktori Mo‘minxon Saidovlar hamrohlik qilishdi.
Xabaringiz bor, Axsikent arxeologiya parki direktori Anvar Ikrom Qozog‘iston safarida bo‘lib, Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti bilan arxeologiya bo‘yicha hamkorlik rishtalarinm o‘rnatib kelgandi.
Bugungi kunda Jizzax viloyatiga xorijiy sayyohlar soni 335 ming va mahalliy sayyohlar soni 1 mln 255 ming nafardan ortiq tashrifi kuzatilmoqda.
Forish tumaning ekoturizm, etnoturizm, gastronomik turizm imkoniyatlari xorijiy sayyohlarni o'ziga jalb qilmoqda.
Sayyod, Uxum, Asraf va Mojrum qishloqlaridagi aholi turmush tarzi, hunarmandchilik mahsulotlari, otda sayr qilish kabi turizm xizmatlari tashkil etilib, xorijiy sayyohlar sayohati bir haftaga uzaytirilmoqda.
Baxmal tumani Novqa mahallasiga "Turizm mahallasi" maqomi berilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" ichki turizm yarmarkasi ham tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Egamberdiyev va Baxmal tumani hokimi o'rinbosari ishtirok etdi. Tadbir davomida 3 nafar tadbirkorga oilaviy mehmon uyini tashkil etilganligi to'g'risida sertifikatlar topshirildi.
🇺🇿Jizzax viloyatida turizm mahallalari soni 3 ta Zomin tumanida joylashgan "Duoba" MFY, G'allaorol tumanidagi "Uzunbuloq" MFY larga "Turizm mahallasi" maqomi berilgan.
Interyeri tarixiy va zamonaviy uslubda did bilan bezatilgan mazkur maskan xalqaro sayyohlar va mahalliy aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, ushbu loyiha 200 oʻrinli, qiymati 20 mlrd soʻmni tashkil etib, 65 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Yaqin kelajakda yana qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shunigdek, Mustaqillik bayrami arafasida Xivada 100 oʻrinli zamonaviy “Kamil Palace” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi.
"Twins Hotel” ham o‘z faoliyatini boshladi. 2 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan mehmonxona barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lib, 42 nafargacha mehmonni qabul qila oladi. Bu avvalgi 21 o‘rinli mehmonxonaga nisbatan ikki baravar ko‘p imkoniyat demakdir.
2025 yil 1-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida O‘zbekiston Turizm ofisi tantanali ravishda ochildi. Ushbu muhim tadbir oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida o‘tkazildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro ishonch hamda strategik sheriklikning yana bir yorqin timsoliga aylandi.
Manba: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/82463)
—
Uzbekistan Tourism office opens in Beijing
On September 1, 2025, the Uzbekistan Tourism Office was officially inaugurated in Beijing, the capital of the People’s Republic of China. This important event took place within the framework of a high-level official visit and became another vivid symbol of the friendly relations, mutual trust, and strategic partnership between the two countries.
(https://gov.uz/en/uzbektourism/news/view/82463)
2025-yil 28-29-avgust kunlari Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan birgalikda Termiz shahrida restoran xodimlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
—
A seminar on the professional development of chefs and waiters was held in Termez On August 28-29, 2025, the Committee for Tourism, in collaboration with the Association of Chefs of Uzbekistan, conducted a training seminar for restaurant staff in Termez.
2025-yil 1-sentyabr kuni Samarqanddagi Registon maydonida jahonga mashhur italiyalik tenor Andrea Bochellining konserti bo‘lib o‘tdi.
Bu noyob musiqiy tadbir butun dunyodan mehmonlarni jamladi va madaniyat turizm hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda kuchli turtki bo‘la olishiga yorqin misol bo‘ldi.
Farmonga ko‘ra (https://t.me/huquqiyaxborot/18476), 2026 yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:
🔹2026–2028 yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:
viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd so‘mgacha;
boshqa hududlarda – 10 mdrd so‘mgacha;
🔹har yili sayyohlarning eng ko‘p e’tiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy e’tirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 mln AQSh dollariga teng tanlov o‘tkazish.
🔹2026 yildan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.
Gullar diyori — Namangan yana sayyohlarni chorlaydi!
📍 “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida — IV Xalqaro Asal festivali bo‘lib o‘tadi.
🍯 Festival doirasida:
🐝 10 dan ortiq davlat asalarichilari ishtirokidagi asal yarmarkasi
🎓 Xalqaro ekspertlar bilan ilmiy-amaliy anjumanlar
🤝 Xorijiy va mahalliy asal yetishtiruvchilar o’rtasida B2B biznes uchrashuvlari
🎶 Ochiq osmon ostidagi Madaniy shoular
🍲 Osh chempionati va moda ko‘rgazmasi sizni kutmoqda
🏆 Festival yakunida g‘oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi!
✨ Sizlarni “Afsonalar vodiysi” tematik bog’ida bo’lib o’tadigan IV Xalqaro Asal festivalida kutib qolamiz!
Russian