Narxlar:
qulupnayli muzqaymoq-11 000 so'm;
konyakdagi "yozgi" muzqaymoq-6000 so'm.
Manzillar:
Chilonzor tumanidagi filial;
Buyuk ipak yo'li metro stansiyasi yaqinidagi filial;
"Amir Temur"filiali;
Xadra filiali.
Ma'lumot uchun telefon: (+998) 78-129-7000.
Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi yangi turizm majmuasi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
So‘nggi yillarda hududda infratuzilma rivojlantirilib, yilning to‘rt faslida maroqli sayohat uchun qulay sharoit yaratildi. Amirsoy, Chinorkent, Chorvoq darvozasi kabi ulkan majmualar, zamonaviy mehmonxonalar, dam olish va umumiy ovqatlanish maskanlari ishga tushirildi.
Endi bu safga “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti ham qo‘shiladi. Fransiyaning “MND” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha uchun 1 ming 278 gektar maydon ajratilgan.
Loyiha doirasida mehmonxonalar va dengiz sathidan 3 ming 300 metr balandlikkacha osma dor yo‘li quriladi. Bu to‘liq mavsumiy turizmni ta’minlaydi. Qishda chang‘i va snoubord, boshqa oylarda esa tog‘ sayyohligi va ko‘ngilochar hordiq imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari bu yerdagi mehmonxona, restoran va savdo majmualarini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, 6 qavatli zamonaviy mehmonxona 320 nafar sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Unda yil davomida o‘rtacha 45 ming turistga xizmat ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, bu yerda “Wyndham” brendi bilan hamkorlikda malakali boshqaruv yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu nafaqat xizmat sifati, balki mamlakatimiz turizmining xalqaro nufuzini oshirishda ham muhim sanaladi. Mehmonxonani noyabrda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Hududdagi yana bir loyiha doirasida 7 va 5 qavatli apart-otellar, 7 qavatli mehmonxona hamda 2 qavatli restoran qurildi. Ularda ham xizmat sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish rejalashtirilgan. Yil davomida o‘rtacha 54 mingdan ziyod mehmonni qabul qilish mo‘ljallangan. Majmuada 100 dan ortiq kishi ishli bo‘ladi.
Ayni paytda 6 ta shale qurilishi davom etmoqda.
Prezidentimiz yangi majmualar qurish va xizmat ko‘rsatishda ilg‘or tajribalarni qo‘llash, xodimlar malakasini oshirish muhimligini qayd etdi. Hududdagi imkoniyatlarni turizm platformalarida targ‘ib etib, mahalliy va xorijiy sayyohlarni faol jalb etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shu yerda 300 ta avtomobilga mo‘ljallangan turargoh ham bor. Uning birinchi qavatida restoran, bolalar maydonchasi va savdo majmuasi tashkil etilgan. Bu nafaqat qulaylik, balki turistlar uchun qo‘shimcha xizmatlarni yaxlit taqdim etish imkoniyatini ham beradi.
Umuman, “Chimyon” umummavsumiy kurorti samarasida xizmat ko‘rsatish sohasida minglab yangi ish o‘rinlari, mahalliy aholi uchun barqaror daromad manbai paydo bo‘ladi. Turistlarga eng zamonaviy xizmatlarni taklif etib, mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini sezilarli oshiradi.
Bo‘stonliqda turizm boshqa sohalar bilan uyg‘un tarzda rivojlanib, butun hududning iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirayapti. Savdo va xizmatlar turi, transportlar harakati ko‘payyapti. Shu bois umummavsumiy kurort loyihasi doirasida avtomobil yo‘lida tunnel ham qurildi.
Ushbu inshoot tarkibiga uzunligi 1 ming 450 metr bo‘lgan asosiy yo‘l qismi, 2 ta ko‘prik va piyodalar yo‘laklari kiradi. U hududdagi tog‘ kurortlariga olib boruvchi asosiy yo‘lni qisqartiradi. Xavfsizlikni oshirib, transportlar harakatini yengillashtiradi. Tunnel orqali soatiga 500 dan ziyod avtomashinalar xavfsiz va qulay harakatlanishi mumkin.
Yo‘llar qulayligi hududning turizm salohiyatini to‘la ishga solish va iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, tabiatni musaffo saqlash, dam oluvchilarning ekologik madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi.
Bu kabi loyihalar turistlarga qulaylik yaratishi barobarida mamlakatimizning investitsiyaviy va madaniy jozibadorligini oshiradi. Bo‘stonliq bugungi kunda tabiiy go‘zalliklari, zamonaviy majmualari va yuksak xizmat madaniyati bilan ana shunday markazga aylanib bormoqda.
Qonun (O‘RQ–1083-son, 21.08.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish:
➖ BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
✅ Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan diniy tashkilotlar mustasno), shuningdek ularning vakolatxona va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat amalga oshirishi:
➖ BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutildi.
📌 Ilgari mazkur huquqbuzarlik uchun jarima miqdori BHMning 15 baravaridan 30 baravarigachani tashkil etgan.
Maqola muallifi Sophie Ibbotson 16-22 avgust kunlari Hindiston, Pokiston va Buyuk Britaniyalik jurnalistlar safida Jizzax viloyatida media turda ishtirok etgan edi.
“O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilarning aksariyati Samarqandning moviy me’morchiligidagi koshinlar hashamati, Buxoroning qadimiy ko‘chalari yoki Xivaning sahroda joylashgan qal’alari bilan tanishishga intiladi. Biroq, mashhur karvon yo‘llaridan tashqarida, sirli bir o‘lka yashiringan: bu yerda archazorlar tog‘ cho‘qqilarini quchadi, yulduzlar baland tog‘ osmonida to‘siqsiz charaqlab turadi va asriy pazandachilik an’analari yer ostidagi o‘choqlarda qaynaydi. Bu Jizzax - Samarqand va Toshkent oralig‘idagi noyob javohir” deyiladi jumladan maqolada.
Soʻnggi oʻn yilliklarda atrof-muhit va barqaror rivojlanish masalalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Global iqlim oʻzgarishi, atrof-muhitning tanazzulga uchrashi va tabiiy resurslar tanqisligi fonida insoniyat kelajak avlodlarga zarar yetkazmasdan zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi rivojlanish yoʻllarini izlashga majbur.
https://tourquality.uz/uz/press-center/news/chto-takoe-zelenaya-sertifikatsiya/
Isteʻmolchilar bilan munosabatning asosiy jihatlari:
1. Qarama-qarshi fikr-mulohaza: mijozlarning fikr - mulohazalarini toʻplash va tahlil qilish – bu mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash yoʻlidagi birinchi qadamdir. Veb-saytdagi soʻrovlar, anketalar va sharhlar kompaniya takliflarining kuchli va zaif tomonlarini ochib beradi.
2. Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash: ishonch telefonlari, elektron pochta va onlayn suhbatni oʻz ichiga olgan koʻp darajali qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish mijozlarning soʻrovlari va shikoyatlariga tezda javob berishga imkon beradi. Bu nafaqat qanoatlanishni yaxshilaydi, balki mijozlarni yoʻqotishning oldini olishga yordam beradi.
3. Raqamli kanallardan foydalanish: ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar mijozlar bilan munosabat uchun muhim vositaga aylandi. Ular nafaqat savollarga javob berishga, balki yangiliklar va aksiyalarni baham koʻrish orqali tinglovchilar bilan faol aloqada boʻlishga imkon beradi.
4. Ma’lumotlarni tahlil qilish: nafaqat ma’lumotlarni toʻplash, balki ularni tahlil qilish ham muhimdir. CRM (Customer Relationship Management – “mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish”) tizimlaridan foydalanish mijozlarning xatti-harakatlarini, ularning xaridlari va sharhlarini kuzatishga imkon beradi, bu esa takliflarni shaxsiylashtirishga yordam beradi.
5. Xodimlarni oʻqitish: xodimlarni mijozlar bilan muloqot qilish va ularning ehtiyojlarini tushunish koʻnikmalariga oʻrgatish muhim jihatdir. Xodimlar nafaqat muammolarni hal qilishga, balki mijozning tajribasini yaxshilaydigan echimlarni taklif qilishga ham tayyor boʻlishi kerak.
Ushbu jihatlar tashkilotlarga nafaqat oʻz mahsulotlari va xizmatlari sifatini yaxshilashga, balki mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni oʻrnatishga yordam beradi, bu esa oʻz navbatida ularning bozordagi muvaffaqiyatiga hissa qoʻshadi.
Qashqadaryo viloyati, ayniqsa Shahrisabz shahri, nafaqat tarixiy obidalari bilan, balki o‘zining boy milliy madaniyati bilan ham faxrlanadi. Shu yerda milliylik va mehmondo‘stlik ruhini o‘zida mujassam etgan uymehmonxona joylashganini bilarmidingiz?
🏘 Bu mehmonxona kichik bo‘lsa-da, o‘zining 5 ta xona va 10 o‘rini bilan mehmonlarga uydek qulay va issiq muhit taqdim etadi. Har bir xona milliy bezaklar, qo‘l mehnati bilan tayyorlangan gilam va aksessuarlar bilan bezatilgan bo‘lib, mehmonlarga o‘zbek an’analarini yaqinroq his qilish imkonini beradi.
✅ Uy Mehmonxona nafaqat dam olish uchun, balki Qashqadaryo va Shahrisabz madaniyatini kashf etish uchun ajoyib maskandir. Bu yerda siz mahalliy taomlar tatib ko‘rishingiz, urf-odatlar bilan tanishishingiz va shinam muhitdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 949,9 ming nafar chet el fuqarolari sayohat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 319,3 ming nafarga yoki 50,6 % ga oshgan.
📊 Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Rossiya — 194,3 ming nafar;
Turkmaniston — 147,8 ming nafar;
Qozog‘iston — 102,9 ming nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 82,1 ming nafar;
Xitoy — 60,8 ming nafar;
Tojikiston — 60,5 ming nafar;
Turkiya — 36 ming nafar;
Hindiston — 24,9 ming nafar;
Italiya — 20,6 ming nafar;
Janubiy Koreya — 18,7 ming nafar;
Germaniya — 17,3 ming nafar;
AQSH — 15,5 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 168,5 ming nafar.
Manbaa: stat.uz
G‘ozg‘on shahri hokimi Nurali Jo‘rayev, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari N. Zoyirov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Shohimardon” ziyoratgohi va "Turizm" ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
🔘 Tashrif davomida qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifat darajasi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi.
🔘Shahar hokimi mazkur loyihalarning shahar turizm salohiyatini oshirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda infratuzilmani yanada yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
🔛 Shuningdek, qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatni doimiy nazorat qilish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Turizm qo‘mitasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda turizm turlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlar qolish muddatini uzaytirish maqsadida Buyuk Ipak yo‘lining “Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi” bo‘yicha yangi turizm marshrutini o‘z ichiga olgan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatining turizm halqasi ishlab chiqildi.
Qirgʻiziston Respublikasining O`sh viloyatida mashhur davlat arbobi Alimbek Datka tavalludining 225 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi, unda Fargʻona viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Fargʻona viloyati hokimligi vakillaridan iborat delegatsiya, viloyat hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov boshchiligida ishtirok etdi.
Ushbu tashrif ikki xalq oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va doʻstona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
📢2025-yil 8-oktabr kuni Olmaota shahrida va 10-oktabr kuni Ostona shahrida “AVIAREPS Around the World Roadshow” xalqaro turizm tadbiri bo‘lib o‘tadi.
🖋 Tadbir doirasida B2B formatda uchrashuvlar tashkil etilib, unda:
-yirik mehmonxona brendlari,
-xalqaro aviakompaniyalar,
-xorijiy davlatlarning turizm idoralari,
-turoperatorlar, agentliklar va MICE kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
✅ Bu O‘zbekistonning turizm salohiyatini qo‘shni Qozog‘iston bozorida keng targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyatdir.
Qo‘shimcha ma’lumot va ishtirok etish bo‘yicha murojaat uchun:
📩 tmelikhova@aviareps.com
“Anklavlarga sayohat” dasturi doirasida “Farg‘ona – Batken turistik halqasi” ishlab chiqildi
So‘ngi yillarda sayyohlar tomonidan yangi turizm obyektlarini kashf etish va noodatiy joylarga sayohatlarni amalga oshirishga qiziqish ortib borayotganligi kuzatilmoqda.Тurizm turlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlar qolish muddatini uzaytirish maqsadida “Anklavlarga sayohat” tashabbusi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning diqqatga sazovor joylarini o‘z ichiga olgan “Farg‘ona – Botkent turistik halqasi” dasturi ishlab chiqildi.
Turistlar Farg‘ona vodiysining go‘zal tabiati, tog‘lar, daryolar va ko‘llarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Sayohat davomida nafaqat ekoturizm, balki enoturizm (Wine garden), sanoat turizmi (Marg‘ilon gilam fabrikasi), faol turizm (otda sayr), Agro turizm (Vodil tumanidagi malina plantatsiyalari) kabi turizm turlari bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Sayyohlarga qulayliklar yaratish va sayohat dasturlarini ishlab chiqishda yuqoridagi turistik marshrut bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish tavsiya etiladi.
«O‘zbekiston Ipak yo‘li halqasi» yo‘nalishi doirasida yangi ichki aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz!
Endi sayohatchilar Centrum Air qanotlarida qulay va tezkor harakatlangan holda Xiva, Buxoro va Samarqanddagi eng muhim diqqatga sazovor joylarni ko‘rishlari mumkin. Karuselni aylantiring va O‘zbekiston boʻylab marshrutingizni rejalashtiring.
Shuningdek, tez orada «Ipak yo‘li halqasi»ni to‘liq yopish uchun yangi ichki reyslarni ishga tushirishni rejalashtiryapmiz — yangiliklarni kuzatib boring.
✈️ Aviachiptalar va parvoz jadvali centrum-air.com saytida
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda 12-18-sentyabr kunlari Rossiyaning “Birinchi kanal” telekanalidagi mashhur “G‘ildirakdagi oshpazlar” ko‘rsatuvi ijodiy jamoasining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirdi.
Dastur ijodiy jamoasi O‘zbekistonning gastronomik va sayyohlik salohiyatini Rossiyada keng targ‘ib qilish hamda bu mamlakatdan keluvchi sayyohlar sonini yanada ko‘paytirish maqsadida Samarqand va Toshkentning diqqatga sazovor joylari, sayyohlik maskanlari va tarixiy manzillariga tashrif buyurib, suratga olish ishlarini olib bormoqda.
Tashrif yo‘nalishidagi har bir shaharda oshpazlar mahalliy oshxona va an’anaviy taomlar bilan tanishib, mahalliy bozorlar va do‘konlardagi mahsulotlar xilma-xilligini o‘rganmoqdalar. Mahalliy oshpazlik madaniyatidan ilhom olgan rossiyalik oshpazlar o‘zlarining pazandachilik durdonalarini tayyorlashmoqda.
Safar doirasida ijodiy guruh Toshkent viloyatining Parkent tumaniga ham tashrif buyurib, u yerda havo sharida parvozni amalga oshirdi. Qushlar parvozi balandligidan loyiha ishtirokchilari go‘zal manzaralar, betakror tabiat va tog‘ tizmalarining hashamatli ko‘rinishlaridan zavq olishdi, O‘zbekiston landshaftlarining go‘zalligi va xilma-xilligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.
Har bir dastur yakunida rossiyalik mashhur oshpazlar haqiqiy oshpazlik bellashuvini uyushtirishadi. Samarqand va Toshkent shaharlarining markaziy diqqatga sazovor joylarida o‘z fudtraklarini to‘xtatib, mahalliy taomlarning o‘ziga xos variantlarini tayyorlashadi, mahalliy aholi esa ularni tatib ko‘rib, ovoz beradi va g‘olibni tanlaydi.
Ta’kidlash joizki, "G‘ildirakdagi oshpazlar" kulinariya shousi rossiyalik tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Federal va mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida ushbu dasturni tomosha qiluvchilarning umumiy soni 18 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.
Mamlakatimizga kelayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish, qadimiy sport turlarini keng ommaga tanitish hamda etnoturizm sohasini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Chavandozlar maktabi” hududida yangi tashkil etilgan “Etnosport turizm maskani”ga infotur tashkil etildi.
Tadbir Milliy gvardiya va Etnosport assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazildi. Ushbu infotur orqali ishtirokchilarga maskan infratuzilmasi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Infotur davomida mehmonlarga bir qator qiziqarli mashg‘ulotlar namoyish etildi. Jumladan, kamondan otish, arqon tortish, tosh ko‘tarish va boshqa milliy sport turlari bo‘yicha mahorat darslari, shuningdek, otda sayr qilish va chavandozlik ko‘nikmalarining amaliy ko‘rinishlari taqdim etildi. Bu tajribalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va milliy sport merosimizga nisbatan yanada chuqurroq e’tibor qaratilishiga xizmat qildi.
Bu kabi tashabbuslar nafaqat sport va sayyohlikni birlashtiradi, balki madaniy merosimizni asrab-avaylash va uni zamonaviy shakllarda namoyon etishga xizmat qiladi.
https://chavandozlar-maktabi.uz/oz/news/bujuk-britanijalik-turistlar-pojtahtimizda-
https://yandex.uz/maps/org/68600822063/?ll=69.396697%2C41.327865&utm_source=share&z=14
https://yandex.uz/maps/org/97688463659/?ll=69.520152%2C41.254645&utm_source=share&z=10
https://yandex.uz/maps/org/206061428895/?ll=69.323041%2C41.388460&utm_source=share&z=13.82
https://yandex.uz/maps/org/65802651371/?ll=69.520152%2C41.254645&utm_source=share&z=10
https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/?ll=69.388349%2C41.312423&mode=poi&photos%5Bbusiness%5D=118934328584&photos%5Bid%5D=urn%3Ayandex%3Asprav%3Aphoto%3A13790728_2a000001934a2c3ad0d1eddf2eeb6f12e8f3&poi%5Bpoint%5D=69.350420%2C41.310463&poi%5Buri%5D=ymapsbm1%3A%2F%2Forg%3Foid%3D118934328584&tab=gallery&utm_source=share&z=12.32
https://yandex.uz/maps/org/182532262398/gallery/?ll=69.539576%2C41.422350&photos%5Bbusiness%5D=182532262398&photos%5Bid%5D=urn%3Ayandex%3Asprav%3Aphoto%3A11018317_2a0000018c4f04ded0b1a082fb5e58998e83&utm_source=share&z=10
https://chavandozlar-maktabi.uz/oz/news/bujuk-britanijalik-turistlar-pojtahtimizda-
2025-yil 24-26-sentyabr kunlari turizm vakillari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy reintegratsiyasini ta’minlash va ularni mamlakatimizdagi turizm sohasiga samarali jalb qilish”ga qaratilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishmoqda.
O‘quv-seminarning asosiy maqsadi – xorijdan qaytgan xotin-qizlarni mahalliy turizm sohasiga jalb etish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Ma’lumot o‘rnida, seminar davomida ishtirokchilar Bo‘stonliq tumanidagi yirik turizm obyektlari va oilaviy mehmon uylari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashinuvi asosida turizm xizmatlari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yaponiya xalqaro taraqqiyot agentligi (JICA)ning xalqaro ekspertlari turizmni rivojlantirishga oid hamkorlik dasturlari doirasida viloyatimizga tashrif buyurishdi.
Ular turizm salohiyati yuqori boʻlgan qishloq va mahallalarda oʻrganish ishlari olib bormoqda. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi – turizm qishloqlarining hozirgi holatini tahlil qilish, mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Oʻtkazilayotgan oʻrganishlar natijasida xalqaro tajribaga asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqilib, qishloq turizmi istiqbolini taʼminlashga xizmat qiladi. Shu orqali hududlarda yangi ish oʻrinlari yaratilishi, aholining daromadlari ortishi va eng asosiysi, milliy merosimiz keng targʻib etilishi kutilmoqda.
2026-yilning 3−6-may kunlari Samarqand shahri Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) 59-yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Unda bankka a’zo 69 davlatning bank-moliya muassasalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, NNTlar va OAV vakillari ishtirok etib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlar oldida turgan rivojlanish muammolarini ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.
Batafsil:https://www.facebook.com/share/p/19gnH4hcTZ/
Payariq tumanida ezgu tashabbus: nogironlar uchun Xorazmga 3 kunlik sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Xiva shahrining tarixiy obidalari, Ichan-Qal’a majmuasi va boshqa diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurishdi. Bu tashabbus nafaqat a’zolarga unutilmas taassurotlar ulashdi, balki ularning ruhiy ko‘tarinkiligini oshirib, yangi do‘stlik rishtalarini mustahkamladi.
Nogironlar mas’ullarga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi. Ularning ta’kidlashicha, bu kabi sayohatlar jamiyat a’zolarining hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va ularni ijtimoiy hayotga faolroq jalb etadi.
2025-yil 2-sentabrdan 2-oktabrgacha Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz kiber makon" oyligi doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan sayyohlik namoyishi ob’ektlariga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga mo‘ljallangan navbatdagi targ‘ibot tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida sayyohlarga kiberxavfsizlik qoidalari, sayohat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoyalanish usullari haqida batafsil maʼlumot berildi. Maqsad — mamlakatimizda xavfsiz va osoyishta turizm muhitini yaratish, har bir sayyohning kiberxavfsizlikka oid bilimlarini oshirishdir.
Biz birgalikda Xavfsiz turizmni ta’minlash orqali yangi darajaga erishamiz!
Russian