-
Нет Отзывов
-
В избранные
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
2025 yilning yanvar–oktabr oylarida jami 27,5 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 ming nafarga yoki 26,9 foizga oshgan.

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarda qayd etilishicha (t.me/statistika_rasmiy), 2025 yilning 10 oyi davomida Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashriflari sonida ijobiy dinamika kuzatilgan. Tashrif buyurganlarning katta qismi mamlakatga sayohat maqsadida kelgan.
Fransiya fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- sayohat — 25,2 ming nafar;
- xizmat yuzasidan — 1,1 ming nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 1 ming nafar;
- o‘qish — 76 nafar;
- tijorat — 20 nafar.
Похожие мероприятие
Russian